Dzyudo. Parijdagi "Katta dubulg‘a" sovrindorlari yurtimizga qaytdi! (foto)

  • 9 fevral, 2022, 11:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ikki kun davomida muhtasham "Accor Arena"da o‘tgan Parij "Katta Dubulg‘a" turnirida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytib keldi.

Tecno

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hafta qahramonlarini tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Tadbirda Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, vazirlik va MOQ mutasaddilari, Mudofaa vazirligi, Milliy Gvardiya mas’ullari hamda OAV xodimlari hozir bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, dunyoning ko‘zga ko‘ringan dzyudochilari ishtirok etgan musobaqada terma jamoamizning 5 nafar a’zosi medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. Turnirning ikkinchi kuni Sharofiddin Boltaboev (-81 kg), Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To‘raboev (-100 kg) o‘z vazn toifalarida bronza medali hamda 500 reyting ochkosini qo‘lga kiritishdi.

Bu medallar sabab O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 10-o‘rinni egalladi. Yaponiya terma jamoasi kutilganidek, 7 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan birinchi bo‘ldi. Mezbonlar 3 ta oltin, 1 ta kumush, 7 ta bronza bilan ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka mo‘g‘ulistonlik dzyudochilar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakun yasadi.

photo_2022-02-09_11-16-41

photo_2022-02-09_11-16-50

photo_2022-02-09_11-17-11

photo_2022-02-09_11-17-20

photo_2022-02-09_11-17-28

photo_2022-02-09_11-17-32_1

photo_2022-02-09_11-17-43

photo_2022-02-09_11-17-49

photo_2022-02-09_11-17-56

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!