Dzyudo. Sirdaryoda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan musobaqa o‘tkazildi

  • 2 oktabr, 2022, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi, viloyat dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlikda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar, qizlar va kattalar o‘rtasida “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Mazkur musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan 200 nafarga yaqin sportchi-yoshlar 10 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun tatamida bellashishdi.

Tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi G‘.Mirzaev yurtimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan e’tibor natijasida yoshlarimizning xalqaro sport maydonlarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishayotgani, birgina dzyudo sporti bilan minglab o‘g‘il-qizlar shug‘ullanib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotganliklarini, shuningdek, sportchilarni dunyoning manaman degan sportchilari bilan bemalol bellasha oladigan etib tarbiyalashda murabbiylarning o‘rni muhimligini taeidlab, ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan alohida tabriklab o‘tdi.

Qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tgan dzyudo bahslari yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida 1-o‘rin Sayxunobod tumani, 2-o‘rin Guliston shahri va 3-o‘rin Guliston tumani sportchilariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlarga medal, diplom, kubok va pul mukofotlari taqdim etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!