
Dzyudo. Toshkentda o‘tadigan jahon chempionatiga Ispaniya qaysi tarkib bilan keladi?
Ispaniya terma jamoasi Toshkentda o‘tadigan jahon chempionati uchun tarkibini e’lon qildi.
Kutilganidek, unda Fransisko Garrigos, Nikoloz Sherazadashvili, Ai Sunoda kabi o‘z vaznining etakchilari va boshqa nomdor sportchilarni uchratish mumkin. Jamoa poytaxtimizga 7 nafar erkak va 8 nafar ayol dzyudochi bilan tashrif buyuradi.
Erkaklar: F.Garrigos (-60), A.Martin, A.Chinarro (-66), S.Roka (-73 kg), A.Solana (-81), T.Mosaxlishvili (-90), N. Sherazadashvili (-100).
Ayollar: J.Figuero, L.Abelenda (-48), E.Sherif, A.Boks (-52 kg), K.Maskaro (-57 kg), K.Peres, S.Guerrero (-63), A.Sunoda (-70).
Fikrlar