
Dzyudo. Ukrainaliklarning "Humo arena"dagi Jahon chempionati uchun tarkibi bilan tanishing
Jahon chempionati startiga bir oy qolgan bir paytda Toshkentga o‘z terma jamoasini jo‘natishni rasman tasdiqlagan davlatlar soni 55 taga etdi.
Jumladan, Ukraina terma jamoasi murabbiylar shtabi ham tarkibni e’lon qildi. O‘n nafar (6 erkak, 4 ayol) dzyudochi orasida ukrainaliklar etakchisi, Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori, to‘rt karra jahon chempioni, Evropa chempioni, "Katta Dubulg‘a", Gran-pri turnirlarining ko‘p karra g‘olib va sovrindori, eng yosh (17 yosh) ikki karra Jahon chempioni Darya Biloded ham bor. Endigina 21 yoshga to‘lgan Biloded shuncha "yuk"ni o‘z elkasiga ortib ulgurdi.
Ukraina terma jamoasi tarkibi:
-60 kg: Artyom Lesyuk
-66 kg: Bogdan Yadov
-81 kg: Gevorg Manukyan, Sergey Krivchach
-90 kg: Artyom Bubir
+100 kg: Yakiv Xammo
Ayollar
-57 kg: Darya Biloded
-63 kg: Anastasiya Antipina
-70 kg: Natalya Chistyakova
-78 kg: Elizaveta Litvinenko
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar