
Dzyudo. Yaponiyaning Toshkentdagi jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi ma’lum
Yaponiyaning poytaxtimiz mezbonligida o‘tuvchi dunyo birinchiligiga keladigan tarkibi ma’lum. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Shubhasiz, ushbu jamoaning har bir vakili o‘z vazn toifasida oltin medal uchun yaqqol da’vogar hisoblanadi. Kunchiqar yurt vakillari Toshkentga 5 nafar Olimpiada chempioni bilan keladi. Shuningdek, ayrim vazn toifalarida mutlaqo yangi nomlarni uchratish mumkin. To‘liq tarkib esa quyidagicha:
Erkaklar: N.Takato (-60); X.Abe va J.Maruyama (-66); S.Xashimoto (-73); T.Nagase va S.Fujivara (-81); K.Mashiyama (-90); K.Ida (-100); T.Saito (+100).
Ayollar: F.Tonaki va N.Sunoda (-48); U.Abe (-52); X.Funakubo (-57); M.Xorikava (-63); Sh.Tanaki va S.Nizoe (-70); Sh.Xamada (-78); V.Tomita (+78).
Fikrlar