Dzyudochi qizlarimiz o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini xorijda o‘tkazmoqda

  • 26 iyul, 2022, 06:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Marko Shpitka va Muqaddas Kubeeva murabbiyligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Isroil davlatida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazyapti.

Tecno

Isroil terma jamoasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu yig‘in dzyudochi qizlarimiz uchun kelasi oy Turkiyada o‘tkaziladigan Islom Birdamlik o‘yinlari hamda Qozog‘iston mezbonlik qiladigan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab bermoqda.

Murabbiylar yig‘inga Gulnur Muratbaeva (-48 kg), Diyora Keldiyorova (-52 kg), Sita Kadambaeva (-52 kg), Nilufar Ermaganbetova (-57 kg), Mamlakat Sultonova (-63 kg), Farangiz Hojieva (-63 kg), Shohista Nazarova (-70 kg), Gulnoza Matniyazova (-70 kg) va Shirinjon Yo‘ldosheva (+78 kg)ni taklif etgan.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!