EChL. 1/8 final yo‘llanmasiga ega chiqqan barcha jamoalar ma’lum

  • 03.11.2022 03:10
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasining 2022/23 yilgi mavsumi pley-off bosqichining barcha ishtirokchilari malum bo‘ldi.

Guruh bosqichi natijasiga ko‘ra, "Napoli", "Liverpul", "Portu", "Bryugge", "Bavariya", "Inter", "Tottenxem", "Ayntraxt", "Chelsi", "Milan", "Real" Madrid, "Leyptsig", "Manchester Siti", "Borussiya" (Dortmund) , PSJ va Benfika turnirning 1/8 finaliga yo‘l oldi,.

7 noyabr kuni UEFAning Nyon shahridagi (Shveytsariya) qarorgohida Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Jamoalar ikkita savatchaga bo‘linadi. Ularning har birida 8 tadan klub bo‘ladi.

Guruhlarida birinchi o‘rinni egallaganlar klublar birinchi savatchaga, ikkinchi o‘rinni egallaganlar esa keyingi savatchadan joy oladi. 

Bir mamlakat jamoalari, shuningdek, joriy mavsum bir guruhda o‘ynagan klublar 1/8 finalda to‘qnash kela olmaydi.

Chempionlar ligasining 1/8 finali uchun savatchalar quyidagicha ko‘rinish oladi:

Birinchi savatcha: "Napoli", "Portu", "Bavariya", "Tottenxem", "Chelsi", "Real Madrid", "Manchester Siti", "Benfika".

Ikkinchi savatcha: "Liverpul", "Bryugge", "Inter", "Ayntraxt", "Milan", "Leyptsig", "Borussiya D", PSJ.

Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinlari 2023 yilning 14-15 va 21-22 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yinlari 7-8 va 14-15 mart kunlari o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!