EChLda polragan futbolchiga Italiya chempioni qiziqmoqda

  • 21 mart, 2022, 12:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Ayaks" hujumchisi Sebastyan Aller faoliyatini boshqa top klubda davom ettirishi mumkin.

"Football Insider" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, unga "Inter" jiddiy qiziqib qolgan. Milanliklar uni yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Lautaro Martinesga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Allerning transferi kelayotgan yozda rasmiylashtirilishi mumkin. U joriy mavsum amsterdamliklar tarkibida barcha turnirlarda 34 uchrashuvda 32 gol va 9 assist muallifiga aylandi. Shulardan 11 aniq zarba va 2 ta pas Chempionlar ligasining 8 o‘yinida amalga oshirilgan.

27 yoshli hujumchining transferi 30 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!