
Ederson "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin
2017 yildan beri "Manchester Siti" tarkibida to‘p tepib kelayotgan Ederson Moraes yozgi transferlar oynasida klubni tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Jurnalistning ta’kidlashicha, braziliyalik posbonga ayni paytda Saudiya Arabistonidan takliflar tushmoqda, lekin futbolchi yakuniy qarorni qabul qilmagan.
Ederson 6 marta APLni yutgan birinchi darvozabon hisoblanadi. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Endi klub o‘ziga yangi posbon topishi kerak bo‘ladi.
Moraes top jamoaga o‘tish ehtimoli yo‘q emas. Sababi, uning darajasi hali ham yuqoridir. "Transfermarket" Moraesni 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar