
Edvards: "Bosh maqsadim - UFC ning P4P reytingida 1-o‘rinni egallash"
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Leon Edvards(22-3-1 N/C) promoushenning engil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev(26-1)ga qarshi ehtimoliy jang va maqsadi haqida gapirdi.
"Bosh maqsadim - UFC ning P4P reytingida 1 o‘rinni egallash. Birinchi rejam chempionlik kamari edi va men bunga erishdim, endi esa vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi jangchi nomini qo‘lga kiritmoqchiman. Buning uchun, Islomga qarshi kurashishga tayyorman. Tez orada biz oktagonda to‘qnash kelishimiz mumkin", – deb aytdi Edvards.
Fikrlar