Ekitike: "Liverpul"ni tanlash faoliyatimdagi eng to‘g‘ri qarorim edi"
Chempionlar ligasining 2-turi doirasida "Liverpul" safarda "Galatasaroy"ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv oldidan Yugo Ekitike matbuot anjumanida ishtirok etdi. Hujumchi mersisaydlikla ga o‘tishni o‘zining karerasidagi eng yaxshi qaror deb atadi va Evropaning eng nufuzli turnirida muvaffaqiyat qozonish uchun bor kuchini sarflashga tayyorligini ta’kidladi.
"Liverpul"ga moslashish va Isak bilan raqobat haqida:
"Men klubga juda yaxshi moslashdim deb o‘ylayman. Jamoadoshlarim va murabbiylar shtabi menga katta yordam berdi. Bunday yirik klubda faqat bitta hujumchi bo‘lmasligi tabiiy. Men ko‘p narsani o‘rganishim mumkin. Qaysi futbolchini maydonga tushirishni murabbiy hal qiladi. Men ilgari bir hujumchi bilan ham, ikki hujumchi mavjud sxemaga ham o‘ynaganman. Agar Isak yonida o‘ynashim kerak bo‘lsa, men tayyorman."
Nega aynan "Liverpul"ni tanlagani haqida:
"Bu klubni tanlash faoliyatimdagi eng to‘g‘ri qarorim edi. Jamoa ko‘plab chempionliklarni qo‘lga kiritgan va buyuk tarixga ega. Bu erda men izlagan hamma narsa bor edi. Bu men uchun eng yaxshi variant bo‘ldi va bu erga kelishni o‘zim xohladim."
"Sautgempton"ga qarshi o‘yindagi qizil kartochka haqida:
"Bu to‘g‘ri ish emas edi. O‘sha harakatim bilan jamoani qiyin ahvolda qoldirdim va bundan juda xafa bo‘ldim. Hammadan uzr so‘radim va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga kafolat beraman. Endi esa faqat futbolga e’tibor qarataman."



Fikrlar