Ektor Kuper uchun muhim bosqich...

  • 26 avgust, 2019, 17:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Barchaga ma’lumki, 5 sentyabr kuni qit’amizda jahon chempionatining ikkinchi saralash bosqichi raundi start oladi. Shu munosabat bilan hozirda barcha terma jamoalar qizg‘in tayyorgarlik jarayoniga kirishishgan. Aytish mumkinki, jahon chempionati biz uchun azaliy orzuga aylangan va uni ro‘yobga chiqarish uchun jiddiy qadam tashlanayotgani barchaga ma’lum. Shunday ekan, ushbu orzuimizni amalga oshirish uchun taklif qilingan Ektor Kuper uchun ham zimmasidagi asosiy vazifani bajarishdek muhim palla boshlanmoqda. Chunki argentinalik mutaxassisning oldiga asosan O‘zbekistonni 2022 yili Qatarda o‘tadigan mundialga olib chiqish vazifasi yuklatilgan. Shu sababli Kuper 5 sentyabr kuni asosiy maqsadi yo‘lidagi ilk qadamni qo‘yadi. Shu kuni vakillarimiz Al Ram shahrida Falastin terma jamoasi bilan o‘ynaydi.

Tecno

Bugun, erta va indinga Superliganing 18-tur bellashuvlari o‘tkaziladi. Shundan keyin barcha e’tiborimiz o‘z-o‘zidan milliy terma jamoamizga qaratilishi shubhasiz. Ertaga esa Ektor Kuper ishtirokida jahon chempionati saralash bahslari oldidan matbuot anjumani tashkil etilishi haqida xabaringiz bo‘lsa kerak. O‘tgan haftada esa bosh murabbiy Falastinga qarshi o‘yin uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, murabbiyning ro‘yxatidan 24 nafar o‘yinchi o‘rin olgan.

Avvalo darvozabonlardan boshlaydigan bo‘lsak, Kuper uch nafar posbon – Sanjar Quvvatov, Eldor Suyunov hamda Botirali Ergashevni taklif qildi. E’tiborlisi, «Paxtakor»ning ikkala darvozaboni ham Kuperning nazariga tushgan. Shu bilan birga «Dinamo» darvozaboni Ergashevning ham yig‘inga chaqirilgani uning uchun o‘ziga xos motivatsiya bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda aytish joizki, bungacha terma jamoa yig‘inlarida muntazam ishtirok etib kelgan «Lokomotiv» darvozaboni Javohir Ilyosov bu safar tarkibdan chetda qoldi. Buning sababi esa bizga qorong‘u. Kuper esa posbonlarni tanlashda darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov bilan maslahatlashishi ham tabiiy.

Mudofaa chizig‘i uchun esa 8 nafar himoyachilar jalb etildi. Bugungi kunda o‘zidan yaxshi taassurot qoldirayotgan futbolchilar – Egor Krimets, Farruh Sayfiev, Hojiakbar Alijonov (uchalasi – «Paxtakor»), Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Oleg Zoteev va Davron Hoshimov (barchasi – «Lokomotiv»), shuningdek, Yaponiyada to‘p surayotgan Doston Tursunov ham yana Kuperning ro‘yxatidan joy oldi. O‘ylaymizki, himoya chizig‘i masalasida ham bosh murabbiyda ortiqcha muammolar bo‘lmasa kerak. Masalan, Krimets, Ismoilov, To‘xtaxo‘jaev va Tursunov markaziy himoyada asosiy ustunlarimiz bo‘la olishadi. Qanotlada esa chindan ham hozirgi paytda Zoteev, Hoshimov, Alijonov hamda Sayfiev eng yaxshilari desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Shu bois bemalol ayta olamizki, Kuper bu pozitsiyaga o‘zi istagan futbolchilarni jalb eta oldi.

Bizning eng kuchli chizig‘imiz hisoblangan yarim himoyada doimgidek katta raqobat vujudga kelgan. Bundan tashqari, boshqa chiziqlarga qaraganda, aynan yarim himoyaga ko‘proq nomzodlar chaqirilgan. Ya’ni, 10 nafar futbolchi kuchli raqobatni hosil qilishgan. Kutilganidek, Odil Ahmedov o‘z jamoasida faol o‘yinlari bilan bizni xursand qilmoqda va xuddi shu fikrni «Seul» a’zosi Ikrom Aliboevga nisbatan ham aytishimiz mumkin. Shu bilan birga Kuper ilk bor Malayziya chempionatida to‘p surayotgan hamyurtimiz Sanjar Shoahmedovni ham sinab ko‘rishga qaror qildi. Yodingizda bo‘lsa, yaqinda Shoahmedov haqida maqola yozgandik va unda futbolchi Ektor Kuper Malayziya chempionatini kuzatib borishiga ishonayotgani haqida alohida gapirgandi. Chindan ham uning bu fikrlari haqiqatga aylandi va argentinalik mutaxassis oxirgi paytlarda Malayziyada o‘zini ko‘rsatib, asosan chiroyli gollar muallifi bo‘layotgan Sanjarni ham o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, sinovdan o‘tkazishga qaror qildi. Yarim himoya chizig‘imizdagi qolgan nomzodlar esa asosan o‘zimizning chempionat ishtirokchilaridir. Bu borada gap ketganda «Paxtakor»dagi trio - Odil Hamrobekov, Doston Hamdaov va Jaloliddin Masharipov allaqachon bosh murabbiyning ishonchini qozonishgan va ular murabbiyning asosiy rejalariga kirishi ham oydek rashvan. Shuningdek, jarohatidan qutulib yana avvalgi formasiga qayta olgan «Nasaf» vakili Aziz G‘aniev ham o‘yinlari bilan Kuperning e’tiborini qozonayotgani ko‘rinib turibdi. Qolaversa, «Lokomotiv» vakili Oston O‘runovning ham taklif etilishi kutilgan holat edi. Shu bilan birga oxirgi yig‘inga jalb etilgan Quvondiq Ro‘ziev bilan Doston Ibragimovlarda ham qandaydir xususiyat borligini Kuper ko‘rgan shekilli, ularni yana yig‘inga jalb etishga qaror qildi. Chunki ushbu debyutant futbolchilar haqida bosh murabbiy ijobiy fikrlar bildirgani yodimizda.

Hujumda esa so‘ssiz Eldor Shomurodov asosiy figuraga aylanadi. «Rostov»da o‘zining yorqin mavsumini o‘tkazayotgan hamyurtimiz 5 ta gol bilan to‘purarlar orasida ikkinchi o‘rinda va u evropalik skautlarning kuzatuvida ekanligini ham aytish joiz. Kuperga esa bunday o‘yinchi suv va havodek zarur. Shuningdek, «Paxtakor»dagi kuchli raqobatga qaramay, gollar urishni davom ettirayotgan Igor Sergeev ham asta-sekin Kuperning ishonchiga kirib borayotgani quvonarli. Ko‘plab tanqidlar ostida qolib ketgan Sergeev ruhiy qiyinchiliklarni engib o‘tgan holda oldingidan-da, kuchli hujumchiga aylanib borayotgani biz uchun faqat plyus. Buni esa Kuper ham yaxshi tushunib turibdi. Shuningdek, «Lokomotiv»dagi Temurxo‘ja Abduholiqov ham bosh murabbiyning e’tiboriga tushgani ko‘rinib turibdi.

Umuman olganda, eng ko‘p o‘yinchi «Paxtakor»dan chaqirilgan. Bu borada gap ketganda, «Sherlar»ning 9 nafar futbolchisi terma jamoa tarkibidan joy olgan. «Lokomotiv»dan esa 6 ta o‘yinchi ro‘yxatga kiritilgan. «Dinamo», «Nasaf», «Qizilqum» va «Qo‘qon-1912»dan esa bittadan vakillar bor. Qolgan besh nafarini esa legionerlarimiz tashkil etadi. Ammo shuni ham aytish kerakki, bu hali bizning to‘liq, optimal tarkibimiz emas. Yaxshi bilsangiz kerak, BAAning «Sharja» klubida chempionga aylangan Otabek Shukurov jarohatidan endi forig‘ bo‘ldi va u hali terma jamoada o‘ynashga tayyor emas. «Paxtakor» a’zosi Javohir Sidiqov esa jarohat olgan. Yaqinda «Qatar SK»ga ko‘chib o‘tgan Sardor Rashidovni bu safar ham yig‘inga chaqirishni lozim topmadi. Shuningdek, «Rubin» vakili Vitaliy Denisovni ham yana bir bor yig‘inga taklif qilib, uning imkoniyatlarini ko‘rib olsa yaxshi bo‘lardi, degan fikrlarni ham eshityapmiz. Lekin ko‘rinib turibdiki, hozirgi paytda Kuperga ixtiyoridagi mavjud o‘yinchilarning harakatlari ma’qul kelmoqda. Shu sababli, balki hozircha Denisovga extiyoj sezmayotgandir. Shu fikrni Janubiy Koreyada faoliyat olib borayotgan himoyachimiz Rustam Ashurmatovga nisbatan ham ishlatishimiz mumkindir. Bu yoqda esa birinchi raqamli darvozabonimiz hisoblangan Ignatiy Nesterov asta-sekin «Lokomotiv» mashg‘ulotlarga qo‘shilmoqda va unga hali o‘zini tiklab olish uchun vaqt kerak.  Nima bo‘lgan taqdirda ham bosh murabbiyning ishiga aralashmaymiz, shunday ekan, u tarkibga kimni va nima uchun chaqirishni faqat o‘zi biladi. Boisi natijaga bosh murabbiy javob beradi. Hozircha 24 nafar futbolchini chaqirdi. Ammo 18 nafar o‘yinchi yakuniy ro‘yxatga kiritilishini inobatga olsak, demak tarkibdan yana ayrim futbolchilar tushib qolishi aniq. Biz esa Falastindan g‘alaba bilan qaytishimiz shart. Terma jamoamiz a’zolari esa hozir juda muhim palla boshlanayotganini juda yaxshi tushunib turishibdi deb o‘ylaymiz. Demak, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
26/08/2019 18:06
Купер ака бошқасини билмадиму тӯхтахӯжаев билан хошимовди таркибдан тушириб қӯйсангиз сиздан бағоят мамнун бӯлардим????
&
Фан
27/08/2019 09:13
Таркибга пролигадан хам уйинчи чакирилибдида.
Малайзия чемпионати савияси бизни пролигадан хам анча паст ва аксинча Корея ва Япония 1- лига савияси бизни СУППЕРЛИГА миздан хам анча юкори даражада.
&
HAMMAH STAR
27/08/2019 07:56
Darvoza
Nemativ
Ergashiv
Nestriv tajriba ucun
Ximoya
Alijoniv
Ahmadaliyiv
Ğaybullayiv
Eshmuroduv
Tursunov
Ashurmatov
Komilov
Saitov
Yarim ximoya
Shukurov
Hamrobekov
Yaxshiboyiv
Qodirquliv
Aliboyiv
Uruniv
Ğaniyiv
Siddiqov
Masharipov
Kenjaboyiv
Xujum
Abduxoliqov bobur
Murtazoyiv
Shomuroduv
&
Alisher ...
26/08/2019 20:22
Kuper mahoratini korsat
&
Hasan fanat pahtakor
26/08/2019 19:47
Manimcha qiyinchiliksiz gʻalabaga erishadi faqat doston Hamdamov qani
Аваз Бегматов
26/08/2019 18:19
Ёмон булмас Эди,деб укинг
Аваз Бегматов
26/08/2019 18:18
Тухтахужаев иш беради,Насафда Кенжабоев таклиф килинса ёмон булмади,тезлиги ЗУР экан Исломни