
"El-klasiko" oldidan "Barselona" safida yana bir yo‘qotish
Bugun Ispaniya kubogining yarim finalidan o‘rin olgan "Real" - "Barselona" to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin oldidan kataloniyaliklar safida yana bir yo‘qotish paydo bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Andres Kristensen "el-klasiko"da maydonga tusha olmaydi. U matchni asosiy tarkibda boshlashi kutilgan edi. Ammo himoyachi mashg‘ulotlarda to‘pig‘idan jarohat oldi. Endilikda daniyalikning o‘rniga Erik Garsiya yoki Markos Alonso o‘ynashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kristensen "Barsa" uchun yagona yo‘qotish emas. Klubga bugun Dembele, Pedri va Levandovski yordam bera olmaydi.
Fikrlar