El-Shaaravi nega Xitoy klubidan bo‘lgan super taklifni rad etdi?

  • 28 iyun, 2019, 15:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi hujumchisi Stefan El-Shaaravi nega Xitoy klubidan bo‘lgan taklifni rad etganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Shanxay Shenxua" klubi 26 yoshli futbolchiga 3 yillik shartnoma va yiliga 16 million evro maosh taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Men hozircha Evropadan ketmoqchi emasman. Men yana yuqori darajada o‘ynamoqchiman. Men endigina 26 yoshdaman. Bunday keskin qaror chiqarish uchun hali erta deb o‘ylayman”, - deydi italiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, El-Shaaravi o‘tgan mavsum “Roma” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!