Eldor Shomurodov Falastin bilan birinchi o‘yindagi kamchiliklar, Saudiyaga qarshi uchrashuvda pand bergan jihat haqida gapirdi

  • 19 noyabr, 2019, 19:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Falastinga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

Tecno

Uchrashuvda Eldor Shomurodov birinchi va ikkinchi taymda bittadan gol urdi. Qolgan vaqt mobaynida jamoalar darvozalarga yo‘l topa olishmadi. Natijada Shomurodovning dubli terma jamoamiz muhim bahsda g‘alaba keltirdi.

Uchrashuvdan so‘ng o‘yin qaxramoni Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Falastin bilan birinchi uchrashuvdagi mag‘lubiyatga maydonni bahona qilib bo‘lmaydi. Biroq maydonning sifati yaxshi emasdi. Qolaversa, yakkakurashlarda yutqazganimiz uchun o‘yin boy berilgandi.

Bugungi o‘yinda esa iloji boricha ko‘proq gol urishimiz shart edi. Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berganimizdan so‘ng muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘lishi kerak edi. Ko‘proq vaziyatlar bo‘ldi, muhimi g‘alaba deb o‘ylayman.

Bugun baribir yaxshiroq o‘ynadik, menimcha. To‘pni o‘zimizda ko‘proq saqlab qoldik. Saudiya Arabistoni bilan bellashuvda aynan shu narsa etishmagan edi. Bugun shu xatoni to‘g‘rilashga intildik, - dedi Shomurodov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!