Emiliano Martines Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi

  • 21.07.2026 15:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines ijtimoiy tarmoqlarda Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligini ma’lum qildi.

 

«Men juda ko‘p narsalarni o‘ylab ko‘rishim, keyin qaerga yo‘nalishimni, vaqt kelib, chetga chiqish payti yetib-etmaganini hal qilishim kerak. Juda afsusdaman, chunki jahon chempionatida yurtim va jamoadoshlarimga yordam berish uchun bor kuchimni ishga soldim», – deb yozdi Martines.

 

Emiliano 2026 yildgi jahon chempionatida qo‘lidagi singan barmoq bilan maydonga tushdi. Finalda 33 yoshli darvozabon 11 marta darvozani qutqarishga muvaffaq bo‘ldi, ammo shunga qaramay, Argentina qo‘shimcha daqiqalarda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

 

Martines 2021 yildan buyon milliy jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda va shu vaqt ichida 67 ta o‘yin o‘tkazdi. U terma jamoa tarkibida 2022 yilda jahon chempioni bo‘ldi, ikki marta Amerika kubogini, bir marta esa Finalissimani qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!