
Endi buyog‘iga chidaysan, Neymar!
Braziliya terma jamoasining sobiq yulduzi Ronaldo Qatar mezbonlik qiladigan jahon chempionatida Neymar katta bosim ostida qolishni ta’kidladi.
-Neymar terma jamoada eng katta bosimni his qiladi. Braziliyada yulduzlar ko‘pligi bor gap, lekin hammaning e’tibori va nigohi aynan Neymarning ishtirokiga qaratilgan bo‘lgan. Ayni paytda u o‘z faoliyatidagi yorqin damlarni boshdan o‘tkazyapti, - dedi Ronaldo.
Jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrgacha davom etadi.
Neymar etakchiligidagi Braziliya terma jamoasi guruh bosqichida Kamerun, Serbiya va Shveytsariya bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar