
Endi italiyalik Tonali 1 yilga futboldan chetlatilishi mumkin!
Italiyalik futbolchi Sandro Tonali "Milan" safida ekanligida o‘yin natijalariga pul tikishda ayblanmoqda. U pul tikkanini tan olgani ham aytilyapti.
Ma’lum bo‘lishicha, u 1 yilga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Sandro aybni tan olgani uchun unga jazo 3 yillik diskvalifikatsiya emas, balki atigi 1 yillik chetlatish bilan cheklanadi. Kecha Italiya prokuraturasi "Nyukasl" futbolchisini deyarli 3 soat davomida tergov qilgan.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash holat "Yuventus" yarim himoyachisi Nikolo Fadjoli bilan ham kuzatilgandi. Bu haqda batafsil quyidagi linkda ma’lumot berib o‘tganmiz.
Fikrlar