
"Yuventus" futbolchisi 7 oyga futboldan chetlashtiriladi. Sababi...
"Yuventus" futbolchisi Nikolo Fadjoli noqonuniy pul tikish bo‘yicha 7 oyga diskvalifikatsiya qilinadi. Qolaversa, u 12,5 ming evro jarima ham to‘laydi. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli yarim himoyachi aybini tan olgan. Shu sababli, uning advokatlari va Italiya futbol federatsiyasi prokuraturasi vakillari o‘zaro kelishuvga erishgan. Endi Nikolo 3 yilga emas, faqatgina 7 oyga futboldan chetlashtiriladi. Diskvalifikatsiya Italiya futbol federatsiyasining rasmiy qaroridan so‘ng kuchga kiradi.
Shuningdek, "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali, "Aston Villa" a’zosi Nikolo Dzanolo va "Roma" vakili Nikolo Zalevski kabi futbolchilar ham shu masala bo‘yicha aybdor bo‘lishi mumkin, degan xabarlar chiqmoqda.
Fikrlar