Endi rasman. Boshkovich Jizzaxda!

  • 06.04.2023 10:31
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ma’lumki "Navbahor"dan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Yorqin Nazarov iste’foga chiqarilgan edi.

Kecha "So‘g‘diyona" qarorgohida Chernagoriyalik murabbiy Ivan Boshkovich bilan mavsum so‘ngiga qadar bo‘lgan shartnoma imzolandi.

Ma’lumot o‘rnida Ivan Boshkovich 1982-yil 1-vanvar sanasida Chernagoriya davlatida tavallud topgan.
Ivan Boshkovich murabbiylik faoliyati davomida 2018-yili "Huai Thalaeng United" jamoasida yoshlar murabbiyi bo‘lgan.

2019-yilda "Lampang" jamoasida yordamchi murabbiy. 2020-yil "Bunyodkor U19" jamoasi murabbiyi, 2021-yilda "Bunyodkor-2" bosh murabbiyi, 2022-yilda "Bunyodkor" Bosh murabbiyi bo‘lgan.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!