
Endi RPLda koronavirus tufayli o‘yinlar qoldirilmaydi
Rossiya premer-ligasining musobaqalarni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Evgeniy Savin yangi mavsumda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qayd etilsa, qanday yo‘l tutilishini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi mavsumda koronavirus qayd etilgan jamoa ishtirokidagi o‘yin keyinroqqa qoldirilmaydi. Boisi, bu borada o‘tkazilgan so‘rovnomada aksariyat jamoalar o‘yinlarning boshqa sanaga ko‘chirilishiga qarshi ovoz bergan.
Endi RPL jamoasida Covid-19 bilan bog‘liq holat qayd etilgan taqdirda, ushbu jamoa o‘yinga qo‘yilmaydi va texnik mag‘lubiyat yoziladi. Ammo, ikki marta mana shunday texnik mag‘lubiyatga uchragan jamoa ligadan tushirib yuborilmaydi.
Savinning aytishicha, bu ham eng maqbul variant emas.
Fikrlar