
Endi Ruis murabbiyi bilan kelishuvni bekor qildi
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Endi Ruis o‘z murabbiyi Menni Robles bilan kelishuvni bekor qildi.
"Barchasi shu tomonga ketayotganini bilgandim, men halol bo‘laman. Joshua bilan revansh janggi uchun tayyorgarlik ko‘rilayotganda barchasi shu holatga qarab ketayotganini ko‘rgandim.
Nimalar bo‘layotganini ko‘rib turgandim. Endi o‘z bilganidan qolmadi va istaganini qilaverdi. Hech kim uni nazorat qilolmadi. U na menga, na otasiga quloq solmadi, hech kimni eshitmadi.
Endi Saudiya Arabistonida jangdan keyingi matbuot-anjumanida bularni aytib o‘tdi. U mendan va otasidan uzr so‘radi. Mening baxtimga, Endi murabbiyni ayblamay, barcha aybni o‘z bo‘yniga oldi," - dedi Robles.
Fikrlar