"Energetik-BGU"dagi hamyurtimiz ortga qaytgan, sababi...

  • 19 oktabr, 2021, 11:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bilasiz, Belarus chempionatida qatnashayotgan “Energetik-BGU” jamoasida uch nafar hamyurtimiz to‘p surmoqda.

Shaxzod Ubaydullaev va Bobur Abduxoliqovdan keyin shu yilning yozida Doniyor Abdumannopov ham “Energetik-BGU” a’zosiga aylangandi.

“Andijon” klubidan Belarus chempionatiga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Abdumannopov yangi jamoasi safida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi. Keyin esa jarohat oldi. Shu sababdan futbolchi ortga qaytishga qaror qildi.

Abdumannopov bilan mazkur masala bo‘yicha bog‘langanimizda u Andijonda muolaja olayotganini aytdi va tez orada “Energetik-BGU”ga qaytishini ma’lum qildi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!