Engil atletika. Yoshlarimiz Osiyo chempionatini 9 ta medal bilan yakunlashdi

TIGGO 2 PRO

4 iyun kuni Janubiy Koreyaning Echxon shahrida start olgan engil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. 4 kun davom etgan musobaqada qit’amizning eng kuchli yosh atletlari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi esa 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 9 ta medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida Yaponiya, Xitoy va Hindiston jamoalaridan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa qahramonlarini eslab o‘tamiz:

Oltin medal:
Barnoxon Sayfullaeva (balandlikka sakrash)
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)
Dilshoda Usmonova (stipl-chez)
O‘g‘iloy Norboeva (ko‘pkurash)

Kumush medal:
Dunyozod Sayfullaev (disk uloqtirish)
Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish)
Elina Silyamieva (bosqon uloqtirish)
Nodir Norboev (o‘n kurash)

Bronza medal:
Samandar Mahmudov (o‘n kurash)

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!