Entoni Joshua Jeyk Polni yanchib tashladi!
20 dekabr kuni AQShning Mayami shahridagi "Kaseya Center" arenasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Kechaning markaziy jangida bokschi-bloger Jeyk Pol va sobiq jahon chempioni Entoni Joshua o‘zaro ringga ko‘tarildi.
6 raund etib belgilangan bahsda Pol bir necha bor nokdaun holatiga tushdi. So‘nggi raundga kelib, Joshua raqibini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa 36 yoshli britaniyalikning professional rekordi 29-4. 28 yoshli amerikalikniki esa 12-2 ko‘rinishga keldi.
Fikrlar