Erkin kurash bo‘yicha mamlakat chempionatining ilk g‘oliblari aniqlandi

CHERY AUTO

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida erkin kurashchilar bahsiga start berildi. Bugun ushbu dasturda bir qator vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Tecno

Final bahslari orasida -57 kg vazn toifasi ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘ldi. Unda ikki tajribali kurashchilarimiz Nodirjon Safarov hamda G‘ulomjon Abdullaev o‘zaro to‘qnash kelishdi. Shiddatli bellashuv yakunida Tokio-2020 ishtirokchisi Abdullaevning qo‘li baland keldi. Batafsil:

57 kg:
1. G‘ulomjon Abdullaev (Xorazm)
2. Nodir Safarov (Toshkent viloyati)
3. Shahboz Komilov (Buxoro)
3. Sarvarbek Xudoyberganov (Xorazm)

65 kg:
1. Abbos Rahmonov (Navoiy)
2. Nodir Rahimov (Andijon)
3. Feruz Yakubov (Buxoro)
3. Umidjon Jalolov (Buxoro)

70 kg:
1. Begijon Qo‘ldoshev (Andijon)
2. Chinor Matyoqubov (Xorazm)
3. Husniddin Erkaboev (Xorazm)
3. Mirkamol Beshimov (Buxoro)

79 kg:
1. Jasurbek Usmonoxunov (Andijon)
2. Asadbek Raimberganov (Xorazm)
3. Arislan Jumabaev (Qoraqalpog‘iston)
3. Asilbek Meliqo‘ziev (Farg‘ona)

97 kg:
1. Muhammadrasul Rahimov (Toshkent shahri)
2. Rahimjon Bakirov (Sirdaryo)
3. Azizbek Soliev (Buxoro)
3. Umid Jo‘raev (Toshkent shahri)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!