Ettita terma jamoada ishlab, deyarli er sharining yarmida murabbiy qilgan odam kim? U Kyurasao bilan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!
Kyurasao o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va bu natija mamlakat futbolida katta shov-shuv uyg‘otdi. Ushbu muvaffaqiyatda jamoaning bosh murabbiyi Dik Advokaatning o‘rni beqiyosdir. Futbol olamida ettita turli terma jamoalarda ishlagan Advokaat o‘zining boy tajriba va sayyohat qilishga bo‘lgan ishtiyoqi bilan Kyurasaoni mundialga olib chiqdi.
Uning murabbiylik sayohati butun dunyo bo‘ylab qamrab oladi. Advokaat Niderlandiya (2002–2004, 2017–2020), Ukraina (2002), Saudiya Arabistoni (2004–2005), Birlashgan Arab Amirliklari (2010–2012) va Kyurasao (2022–hozirgi) terma jamoalarida ishlagan. Shu bilan birga, u Feyenoord va Zalsburg kabi klublarda ham faoliyat olib bordi. Butun dunyo bo‘ylab to‘plagan boy tajribasi Kyurasaoni tarixiy Jahon chempionatiga olib chiqishda hal qiluvchi omil bo‘ldi.

Dik 3 ta qit’ada faoliyat yuritgan murabbiy hisoblanadi. Agar faqat u ishlagan terma jamoa davlatlarining er maydonini jamlasak, bu taxminan 2,9 million km² ga teng (Saudiya + Ukraina + BAA + Niderlandiya + Kyurasao), bu er sharining katta qismini tashkil qiladi.
So‘nggi turda esa Advokaat oilaviy sabalarga ko‘ra, o‘yinda ishtirok eta olmadi. Shu o‘yinda jamoani vaqtincha murabbiy Pot maydonga olib chiqdi. Kyurasao Yamayka bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va bu natija jamoaga Jahon chempionati yo‘llanmasini olib keldi.



Fikrlar