
"Everton" Grilishni faqatgina bir mavsum uchun ijaraga olmoqchi
"Everton" Jek Grilishni o‘z safiga qo‘shish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, klub mutasaddilari "Manchester Siti" vingerini faqat bir mavsumlik ijara asosida taklif qilmoqda.
Angliyalik futbolchi uchun sotib olish shartlari muhokama qilinmayapti. Shuningdek, "Everton" uning maoshining faqat bir qismini to‘lashga tayyor.
29 yoshli Grilish 2024/25 yilgi mavsum Angliya Premer-ligasida 20 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urdi. Unga boshqa klublar ham qiziqish bildirib va vaziyat rivojini kuzatib borishmoqda.
Fikrlar