
Evro-2020. Terma jamoalarni qaysi murabbiylar boshqarishini bilasizmi?
11 iyundan Evro-2020 start oladi. Dastlabki kuni Turkiya - Italiya bellashuvi o‘tkaziladi. Musobaqa oldidan qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etib bormoqdamiz. Navbat murabbiylarga.
Chempionatda 24 terma jamoa qatnashadi. Tabiiyki, bosh murabbiylar soni ham shunchani tashkil qiladi. Turkiya murabbiyi Shenol Gyunesh yoshi eng katta mutaxassis hisoblanadi. U 1952 yili tavallud topgan. Igor Angeloski (Shimoliy Makedoniya) va Andrey Shevchenko (Ukraina) eng yosh murabbiylar. Ular 1976 yili tug‘ilgan.
Zlatko Dalich (Xorvatiya), Dide Desham (Frantsiya), Yoaxim Lyov (Germaniya), Roberto Manchini (Italiya), Roberto Martines (Belgiya), Fernandu Santush (Portugaliya), Garet Sautgeyt (Angliya), Stanislav Cherchesov (Rossiya), Andrey Shevchenko (Ukraina), Luis Enrike (Ispaniya) - Evro-2020da ishlaydigan taniqli murabbiylar. Ular boshqarayotgan jamoalar turnir favoritlari sanaladi.
Portugaliyaliklar ustozi Fernandu Santush turnirning amaldagi chempion murabbiyidir. U 2016 yili Frantsiyada o‘tkazilgan Evro-2016da qo‘shimcha taymlarda kiritilgan yagona gol evaziga mezbonlarni taslim etgandi.
Quyida Evro-2020da ishlaydigan murabbiylar bilan tanishing:
1.Shimoliy Makedoniya - Igor Angeloski - 02.06.1976
2. Shvetsiya - Yanne Andersson - 29.09.1962
3.Turkiya - Shenol Gyunesh - 01.06.1952
4.Xorvatiya - Zlatko Dalich - 26.10.1966
5.Niderlandiya - Frank de Bur - 15.05.1970
6.Frantsiya - Dide Desham - 15.10.1968
7.Finlyandiya - Markku Kanerva - 24.05.1964
8.Shotlandiya - Stiv Klark - 29.08.1963
9.Germaniya - Yoaxim Lyov - 03.02.1960
10.Italiya - Roberto Manchini - 27.11.1964
11.Ispaniya - Roberto Martines - 13.07.1973
12.Uels - Robert Peyj - 03.09.1974
13.Shveytsariya - Vladimir Petkovich - 15.08.1963
14.Italiya - Marko Rossi - 09.09.1964
15.Portugaliya - Fernandu Santush - 10.10.1954
16.Angliya - Garet Sautgeyt - 03.09.1970
17.Portugaliya - Paulu Souza - 30.08.1970
18.Slovakiya - Shtefan Tarkovich - 18.02.1973
19.Germaniya - Franko Foda - 23.04.1966
20.Rossiya - Stanislav Cherchesov - 02.09.1963
21.Ukraina - Andrey Shevchenko - 29.09.1976
22.Chexiya - Yaroslav Shilgavi - 03.11.1961
23.Ispaniya - Luis Enrike - 08.05.1970
24.Daniya - Kasper Yulmann - 09.04.1972
Fikrlar