“Evro-2024”: Germaniya hujumchisi bir zarba bilan muxlisning qo‘lini sindirib qo‘ydi (foto)

  • 18 iyun, 2024, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Niklas Fyullkrug ochilish o‘yini oldidan muxlislardan birining qo‘lini sindirib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.

Voqea Shotlandiyaga qarshi o‘tgan chempionatning birinchi o‘yin boshlanishidan oldin ro‘y bergan. Qizishib olish mashg‘uloti chog‘ida Niklas tepgan to‘p muxlisning chap qo‘liga tegib, uni sindirgan.

- Men madhiyani tibbiyot zambilida kuyladim. Kulishimni ham, yig‘lashimni ham bilmasdim. Afsuski, ochilish o‘yinini tomosha qilish orzusi ro‘yobga chiqmadi, - dedi 43 yoshli Kay Flatmann.

Ko‘ngilsiz hodisadan xabar topgan Germaniya futbol ittifoq jabr ko‘rgan muxlisdan uzr so‘ragan.

Flatmann Germaniya terma jamoasining ikkinchi turda Vengriyaga qarshi bo‘ladigan bahsiga keladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!