Evropa Chempionlar ligasining ayni vaqtdagi to‘purari kim?
Evropa Chempionlar ligasining joriy mavsumida to‘purarlik poygasi qizg‘in davom etmoqda.
Evropa klublarining eng nufuzli turnirida nafaqat peshqadamlik uchun, balki to‘purarlik uchun ham jiddiy raqobat davom etmoqda. Madridning "Real" klubi forvardi Kilian Mbappe 9 ta gol bilan etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni "Galatasaroy" etakchisi Viktor Osimxen egallab turgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn va "Manchester Siti" straykeri Erling Xoland 5 tadan gol bilan band etgan.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda EChLda "Arsenal" 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.



Fikrlar