Evropa grandlari "Fiorentina" futbolchisi uchun kurash boshlashdi

  • 17 mart, 2020, 14:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" klubi yarim himoyachisi Gaetano Kastrovilli Evropa grandlarining e’tibor markaziga tushdi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha yozda 23 yoshli italiyalik futbolchi uchun "Yuventus", "Inter", "Napoli" va "Borussiya" Dortmund klublari kurash olib borishadi. “Binafsharanglilar” esa o‘zining etakchi futbolchilaridan birini 40 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Kastrovilli joriy mavsum “Fiorentina” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning transfer narxi esa 25 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!