Evropa grandlari talashayotgan yulduzni badavlat arablar ilib ketdi
Saudiya Arabistonining mashhur klubi «Al-Hilol» rahbariyati «Vest Xem Yunayted» jamoasi bilan hujumkor futbolchi Krisensio Sammervillning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kelishuv qiymati taxminan 80 million yevroni tashkil etadi. Yaqin soatlar ichida futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng transfer rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.
Sammervill va uning yangi klubi o‘rtasidagi uzoq muddatli shartnoma shartlari allaqachon kelishib olingan.
Ta’kidlash joizki, niderlandiyalik futbolchiga Yevropaning bir necha grand klublari jiddiy qiziqish bildirib, ayrimlari muzokaraga kirishga edi.
O‘tgan mavsumda Sammervill barcha musobaqalar doirasida 34 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi hozirgi klubi bilan 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevro deb baholangan.

Fikrlar