Evropada eng ko‘p gol urgan himoyachiga jiddiy xaridor chiqdi

  • 4 yanvar, 2024, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bayer”da muvaffaqiyatli o‘ynayotgan himoyachi Jeremi Frimpong Bundesliga chempioni “Bavariya” nishoniga tushdi.

Tecno

Bayern&Germany nashrining xabar berishicha, kelasi yoz Jeremi Frimpong shartnomasida belgilangan band ishga tushadi. Unga ko‘ra, istalgan klub himoyachini 40 million evro evaziga transfer qilishi mumkin.

“Bavariya” bu imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi. Frimpong yangi mavumda eng sermahsul himoyachi bo‘lib turibdi.

23 shli niderlandiyalik futbolchi himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari hujumga qo‘shilib, gol urish va assist qayd etishni ham uddalamoqda.

Frimpong joriy mavsumda barcha turnirlarda 22 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi va o‘nta golli pas uzatdi. Bu ko‘rsatkich Evropa top-ligalaridagi aksariyat hujumchilarning statistikasidan ham yaxshi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!