
Evropalik murabbiylar "Andijon" haqida qanday fikrda?
Ma’lumki, kecha “Andijon” Avstriyaning “Voytsberg” va Norvegiyaning “Raufoss” klublariga qarshi navbatdagi nazorat uchrashuvlarini o‘tkazdi.
Har ikkala uchrashuvdan so‘ng “Andijon” matbuot xizmati raqib jamoa ustozlarining fikrlari bilan qiziqdi.
David Prays (“Voytsberg” bosh murabbiyi):
“8 kunlik tayyorgarlikdan keyin bu biz uchun yaxshi o‘yin edi. Uchrashuvda temp baland edi. “Andijon” ham yaxshi jamoa ekan. Uchrashuvda yutganimizdan xursandman. Endi bizda ligani boshlashimizga ikki haftadan oshiq vaqt bor va ushbu bellashuv ham biz uchun foydali bo‘ldi”.
Tom Dent (“Raufoss” bosh murabbiyi):
“Juda quvnoq o‘yin bo‘ldi, biz uchun. O‘zbekistondagi katta jamoalardan biriga qarshi o‘ynadik. Albatta, bu biz uchun biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Ammo bunga ahamiyat bermaslikka harakat qildik. Ushbu raqobatdan zavqlandim. Dastlabki 20-25 daqiqada “Andijon”ning ustunligi bo‘ldi va oxirgi daqiqalarda biz qarshi hujumlarni o‘tkazib yubordik. Umuman, bu adolatli o‘yin bo‘ldi. “Andijon” esa ajoyib taassurot qoldirdi”.
Fikrlar