Evropaning 3 ta grand jamoalari Regilon uchun taklif tayyorlayapti

  • 14 avgust, 2020, 15:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madridning ijaradagi himoyachisi Serxio Regilonga bir qator grand klublar qiziqish bildirmoqda. Xususan, “Chelsi”, “Arsenal” hamda “Napoli” jamoalari allaqachon taklif tayyorlab bo‘lishgan. Ular Regilon xizmatlari uchun 25 mln evrodan voz kechishga rozi.

Tecno

O‘z navbatida, madridliklar ham ispaniyalik fulbek transferiga qarshi emas. Zidan hozirgi paytda Marselo va Mendining o‘yinidan qoniqish hosil qilmoqda. Regilon bu kurashda yutib chiqishi dargumon.

Ushbu mavsumni “Sevilya” tarkibida ijara asosida o‘tkazgan Serxio o‘z hisobiga 3 ta gol  va 4 ta assistni yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!