
Evropaning 4 ta grand klubi AQShga boradi. Ular orasida "Real" va "Barsa" ham bor
OAVda “Real”, “Barselona” va “Yuventus” klublarining yozda AQSh bo‘ylab turnega chiqish rejalari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Amerikada Evropa Superligasini yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlovchi klublar bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni istamoqda.
ESPN nashri ma’lumotlariga ko‘ra, turnirning to‘rtinchi ishtirokchisi allaqachon tegishli taklifni olgan "Milan" bo‘lishi mumkin.
Qo‘shma Shtatlarda o‘yinlarni o‘tkazishning asosiy g‘oyasi koronavirus pandemiyasidan yo‘qotishlarni qoplash uchun maksimal foyda olish hisoblanadi.
Fikrlar