
Evropaning ikki grand klubi Teo Ernandesni nishonga oldi
"Real Madrid" va "Manchester Siti" klublari tajribali himoyachini o‘z saflariga qo‘shib olmoqchi.
"Todofichajes" nashrining xabar berishicha, klublarning e’tibori "Milan" va Frantsiya terma jamoasining 27 yoshli qanot himoyachisi Teo Ernandesga qaratilgan. Himoyachining transfer qiymati 50 million evroga baholanmoqda. Teo 2019 yildan buyon Milan klubida to‘p tepib kelmoqda.
Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2026 yil iyun oyi oxirida yakunlanadi. Italiya chempionatining joriy mavsumida Ernandes 19 ta o‘yin o‘tkazdi. Teo o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Italiya chempionatining 23-turidan so‘ng "rossonerilar" 35 ochko to‘plab, turnir jadvalining sakkizinchi pog‘onasida bormoqda.
Fikrlar