
Fabregas Messi nimani xohlashini aytdi
"Monako" yarim himoyachisi Sesk Fabregas "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Lionel Messining kataloniyaliklar safida faoliyati oxirigacha qolishi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Men Messi bilan gaplashib turaman. U hamisha faoliyatini “Barselona”da yakunlashni xohlardi. Klubda ko‘p narsalar o‘zgardi, ammo u faoliyatini Kataloniya klubida yakunlashiga ishonaman”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
32 yoshli Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu kungacha “ko‘k-anor ranglilar” safida 718 ta o‘yinda maydonga tushdi va 627 ta gol urdi hamda 261 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar