
FAKT! AGMK Bekobodda "Metallurg"ga qarshi 12 o‘yinning faqatgina bittasida g‘alaba qozongan xolos
Superliganing navbatdagi turida "Metallurg" - AGMK qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi. Bellashuvdan avval bekobodliklar matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Toshkent viloyati jamoalari derbisi eng murosasiz o‘tadigan o‘yinlardan hisoblanadi. Bu jamoalar 2008 yildan buyon 25 ta o‘zaro uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsa, shulardan faqat 3 tasida durang natija qayd etilgan. Tomonlar 11 tadan o‘yinda zafar quchgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati 47:46, olmaliqliklar bitta to‘p farqi bilan oldinda bormoqda.
Mazkur jamoalarning birinchi davra – Olmaliq shahrida kechgan o‘yinida tomonlar bir martadan muvaffaqiyat qozonib, durangga imzo chekishgandi. O‘yinning 9-daqiqasida Mate Vatsadze hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqada Abrorbek Toshqo‘ziev vaziyatni tenglashtirgandi. Bu natija esa, o‘yin oxirigacha o‘zgarmasdan qolgandi.
Endi ushbu jamoalarning Bekobodda kechgan o‘yinlari tarixiga to‘xtalsak: Toshkent viloyatining eng shimoliy shahrida bu jamoalar 12 marta to‘qnash kelgan. Ularning 10 tasida mezbonlar g‘alaba qozongan. Bitta o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana bitta uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan.
Quyida Bekobodda bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar natijalari bilan tanishing:
13.11.2008 Metallurg – OTMK – 1:1
05.11.2009 Metallurg – Olmaliq – 3:2
24.04.2010 Metallurg – Olmaliq – 1:0
09.09.2011 Metallurg – Olmaliq – 4:3
04.09.2012 Metallurg – Olmaliq – 4:3
31.05.2013 Metallurg – Olmaliq – 2:1
03.08.2014 Metallurg – Olmaliq – 3:2
21.10.2015 Metallurg – Olmaliq – 4:2
18.08.2016 Metallurg – Olmaliq – 4:2
26.10.2017 Metallurg – Olmaliq – 3:2
10.05.2018 Metallurg – Olmaliq – 0:1
27.07.2019 Metallurg – AGMK – 2:1
Fikrlar