FAKT! “Buxoro” Qarshida “Nasaf”ni enga olmagan

  • 7 mart, 2018, 13:00
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” 9 mart juma kuni o‘z maydonida Superliganing 2-tur uchrashuvini “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv ikki qo‘shni viloyat futbolida derbi maqomiga ega. Ya’ni, futbol ishqibozlari bu safar qo‘shnilar derbisi guvohi bo‘lishadi.

Tecno

O‘zbekiston Superligasi-2018. 2-tur

“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro)

09.03.2018. “Markaziy” stadion. 18:00da

Bosh hakam: Viktor Serazitdinov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Akbar Po‘latov (Toshkent)

Zaxira hakami: Isxax Ibrohimov (Nukus).

Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).    

Uchrashuv komissari: Roman Chernikov.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda shu paytgacha o‘zaro 40 marta kuch sinashganlar. O‘zaro bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 21 tasida qarshiliklarning qo‘li baland kelgan. 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan bo‘lsa, 10 uchrashuvda buxorolik futbolchilar g‘alabaga erishgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida 69-39. “Ajdarlar”ning “Buxoro” klubi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi - 6:0. Bu uchrashuv 2001 yili 30 may kuni Buxoroda bo‘lib o‘tgan. “Buxoro” jamoasi esa 5:1 - eng yirik hisobda g‘alabaga erishgan. Bu uchrashuv ham 1999 yili 20 iyunda Buxoroda bo‘lgan.

Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarga oid

Ushbu jamoalar milliy chempionat doirasida Qarshida o‘zaro 20 marta kuch sinashganlar. Qarshida bo‘lgan uchrashuvlarning 14tasida mezbonlar g‘alaba nashidasini surishgan. Qolgan 6 uchrashuvda durang natijalar qayd etilgan. “Buxoro” jamoasi hozirgacha Qarshida “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchrata olgani yo‘q.

Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 49ta to‘p kiritilgan, to‘plar nisbati 49-9 tashkil etmoqda. Ustunlik "Nasaf" tomonida.

"Nasaf" Qarshida o‘tkazilgan uchrashuvlarda “Buxoro”ni etti marta 3:0 hisobida va bir marta 4:2, 3:1 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratgan. Mazkur jamoalar Qarshidagi uchrashuvlarda uch mart maydonni golsiz tark etishgan.

Qarshida bo‘lib o‘tgan  so‘nggi besh uchrashuv 

09.03.2017. “Nasaf” – “Buxoro” 2:1

09.09.2016. “Nasaf” – “Buxoro” 3:0

22.08.2015. “Nasaf” – “Buxoro” 0:0

29.03.2014. “Nasaf” – “Buxoro” 3:0

16.03.2013. “Nasaf” – “Buxoro” 3:1

Uchrashuvlarning boshlanish vaqti

“Nasaf” – “Buxoro” uchrashuvi 9 mart juma kuni “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv esa 8 mart kuni “Geolog” stadionida soat 16:00da boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!