FAKT! "Metallurg" Namangandagi 23 o‘yinda faqatgina bir marta "Navbahor"ni mag‘lub etgan xolos

  • 19 oktabr, 2020, 16:29
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga 19-turi doirasida "Navbahor" o‘z maydonida “Metallurg” klubini qabul qiladi. Namanganliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Mazkur jamoalar Superliga (Oliy liga)da shu kungacha 47 marotaba o‘zaro ro‘baro‘ kelgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 21 tasida “lochinlar” g‘alaba qozongan, 13 uchrashuvda bekobodliklar zafar quchgan, 13 bahsda jamoalar durangga imzo chekkan. To‘plar nisbatidagi ustunlik "Navbahor" tomonida: 68ga 48.

O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 76 ochko, bekobodliklar 52 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Navbahor”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 7:0ga teng bo‘lsa, bekobodliklarning eng yirik g‘alabasi – 5:1.

Namanganda shu kunga qadar o‘tkazilgan uchrashuvlarda “Navbahor” raqibga deyarli imkoniyat bermagan. 23 o‘yinning 17 tasida mezbonlar g‘alaba qozongan, 5 bellashuvda durang qayd etilgan. Faqatgina 1 marta, ya’ni 2016 yili bekobodliklar zafar quchgan.

Ushbu klublarning 1-davrada Bekobodda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida “lochinlar” Azizbek Turg‘unboevning dubli va Ruslan Bolovning goli evaziga 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

“Navbahor” – “Metallurg” bahsi bugun Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda soat 18:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!