
FAKT! Superligada "Nasaf" faqat "Navbahor"ga mag‘lub bo‘lgan
30 oktyabr kuni O‘zbekiston kubogi finali doirasida "Navbahor" va "Nasaf" jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Ushbu o‘yin oldidan biz sizga qiziq faktni ma’lum qilamiz.
Unga ko‘ra, "ajdarlar" joriy mavsum O‘zbekistondagi musobaqalarda faqat bir marta mag‘lubiyatga uchragan. U ham bo‘lsa, Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Navbahor"ga qarshi o‘yinda ro‘y bergan. O‘shanda Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari 0:1 hisobida taslim etilgan.
Shuningdek, qarshiliklar ichki chempionatda "lochinlar"ga qarshi kechgan ikki o‘yinda g‘alaba qozona olmagan. Ilk turda nursiz 0:0 hisobi qayd etilgan. Yana bir bahsni esa yuqorida eslab o‘tdik.
Fikrlar