FAKT! “Surxon” safarda “Navbahor”ga qarshi o‘yinlarda ochko ololmagan

  • 20.07.2020 15:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola Superligasining 10-tur doirasida Namanganning “Navbahor” klubi Termizning “Surxon” jamoasini qabul qiladi. "Navbahor" klubi matbuot xizmati o‘yin oldidan jamoalarga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 26 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 18 tasida “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa (bitta o‘yinda “Navbahor”ga texnik g‘alaba yozilgan), 5ta uchrashuvda termizliklar g‘alaba qozonishgan, 3ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 73-20, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 57 ochkoni, “Surxon” esa 18 ochkoni qo‘lga kiritgan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997 yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 26ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan.

“Navbahor” hamda “Surxon” klublari bungacha Namanganda 13 marta kuch sinashishgan (o‘tgan yilgi bahs ma’lum sabablarga ko‘ra, Farg‘onada o‘tkazilgan va ushbu o‘yin ham “Navbahor” nominal mezbon bo‘lganligi bois, inobatga olindi).

1992 yili termizliklar Namanganga tashrif buyurishmagani bois, “Navbahor”ga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan bo‘lsa, qolgan 12ta bahsning barchasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan (Farg‘onadagi o‘yinda ham). Termizliklar Namanganda hali ochko olisholmagan.

“Navbahor” o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “Surxon” darvozasini 49 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, termizliklar Namanganda “lochinlar” darvozasiga bor-yo‘g‘i 4ta to‘p kiritishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!