
Falastin - O‘zbekiston uchrashuvini kim sharhlaydi?
Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi “D” guruhi 1-turi doirasida Falastin bilan kuch sinashadi.
Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, bellashuvni "Sport" telekanalida Xayrulla Hamidov sharhlab boradi. O‘yin jonli efirda namoyish etiladi.
Fikrlar
МТЖ уйинларини учрашув давомида мукаммал даражада шархлаб бориш бошкаларга шолпиллаб колади.