Falastin – O‘zbekiston uchrashuvi qaysi stadionda bo‘lib o‘tadi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvga tayyorgarlik doirasida 28 avgust sanasidan boshlab poytaxtimizda yig‘inga kirishadi.

Jahon chempionati-2022

Ikkinchi saralash bosqichi / 1-tur

2019 yil / 5 sentyabr / 19:00

“Faisal Al-Husseini” stadioni (Al-Ram,  Falastin)

Falastin – O‘zbekiston .

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!