Falastin – O‘zbekiston uchrashuvining hakamlari ma’lum

  • 4 sentabr, 2019, 11:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qit’amizda Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start olish arafasida turibdi. Ertadan Osiyoning bir qator shaharlarida mundial saralashi o‘yinlari o‘tkaziladi.

Tecno

Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv 5 sentyabr kuni Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.

Ushbu o‘yinni xitoylik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam – Fu Ming. Unga qanotlarda hamyurtlari – Huo Veiming hamda Vang Detsin yordam beradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Falastin – O‘zbekiston

Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)

Yordamchi hakamlar: Huo Veiming (Xitoy), Vang Detsin (Xitoy).

Zaxira hakami: Arafa Muhammad (Iordaniya).

Nazoratchi: Baskar Purushotaman (Hindiston).

Komissar: Shahir Ahmed (Maldiv).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!