Faqat "Barselona"ga o‘tishim mumkin!

  • 20 dekabr, 2023, 16:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford faoliyatini qaerda davom ettirishi haqida bir qarorga keldi.

"Todofichajes" nashrining xabar berishicha, angliyalik forvard "Barselona"ga o‘tmoqchi. Futbolchiga Turinning "Yuventus" va PSJ klublari qiziqish bildirmoqda, biroq Markus faqat "ko‘k-anorranglilar" uchun o‘ynashni istamoqda. Agar tomonlar kelisha olishsa, shartnoma mavsum oxirida yakunlanadi.

Reshfordning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda.

Premer-liganing joriy mavsumida 26 yoshli hujumchi 16 o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!