Farhod Bekmurodov: G‘alaba qanchalik zarurligini tushunib turibmiz

  • 27.11.2020 22:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Coca-Cola Superliganing 25-turida vodiy derbisi nomi ostida “Andijon” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasida muhim o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Maydon egalari Superligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgani bois g‘alaba ularga suv va havodek zarur. Bellashuv oldidan “Andijon” etakchisi Farhod Bekmurodov sports.uz saytiga quyidagilarni aytdi:

- Murabbiylarimiz AGMKga qarshi uchrashuv ortda qolganini, endi “Qo‘qon-1912” bilan o‘yinga jiddiy tayyorlanishimiz kerakligini tushuntirdi. Muxlislarimiz ko‘z o‘ngida g‘alaba qozonishimiz muhim ekanini ta’kidlab kelyapti.

To‘g‘ri,”Qo‘qon-1912” kuchli o‘yin ko‘rsatyapti. Lekin biz o‘z maydonimizda to‘p suramiz va g‘alaba qanchalik zarurligini bilib turibmiz. Jamoamizdagi muhit ham yaxshi, hamma bir-biriga ishonadi.

Derbi esa o‘z nomi bilan derbi. Bunda kimning nechanchi o‘rindaligini farqi yo‘q. Jamoalar maydonda har bir qarich er uchun qattiq kurashishadi. Murabbiylarimiz tanlagan taktikani to‘g‘ri bajarishimiz kerak. G‘alaba qozonish orqali murabbiylar, rahbarlar, muxlislar va oila-a’zolarimizni xursand qilamiz, degan umiddaman, - dedi Bekmurodov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!