Fati "Barselona"dan "Monako"ga o‘tish arafasida

  • 23 iyun, 16:17
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va "Monako" Ansu Fati bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda.

Fabritsio Romanoning xabar berishicha, klublar sotib olish bandi bilan ijara shartnomasining tafsilotlarini kelishishni yakunlamoqda.

Tecno

"Monako" shu hafta yarim himoyachini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni rejalashtirgan.

Avvalroq xabar qilinganidek, hujumchi 12 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olinadi. Shuningdek, shartnomada katalon klubi uchun futbolchini keyingi transfer summasidan katta foiz belgilanadi.

O‘tgan mavsumda Fati La Ligada 6 ta o‘yinda ishtirok etdi, ammo hech qanday samarali harakat ko‘rsata olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!